Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Umurzoq Yarlakabov "Jo‘langar" mahallasida "mahalla yettiligi" a’zolari va faol nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

➡️Uchrashuv davomida mahalla hududida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, yoshlar bandligi, infratuzilma holati, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan maktab va bog‘cha sharoitlarini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, sport va madaniyat maskanlari tashkil etish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

➡️Deputat bildirilgan har bir murojaat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

➡️Mazkur uchrashuv deputat va aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini eshitish hamda hududdagi muammolarni joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 2