Янгиликлар

Deputatlik nazorati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-93-sonli qaroriga asosan Oqoltin tumani Sanitariya epidimalogiya markazi binosi mukammal ta’mirlash dasturiga kiritilib, budjetdan 1,670 mln so‘m ajratilgan. Qurilish ishlarini borishi bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, G.Karayeva, I.Quchkarova, A.Uljayeva, N.Turdiyev va K.Xakimovalar tanishib, pudratchilar bilan muloqotda obyektlarni qisqa muddatlarda topshirish choralari bo‘yicha fikr almashdi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7