Jizzax shahar “Bunyodkor” MFYda mahalla “yettiligi”ning 6-oy davomidagi amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati O.Bakirov ham ishtirok etdi. Yig‘ilish tanqidiy holatda bo‘lib o‘tdi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, kelgusidagi reja va vazifalarni bajarilishi bo‘yicha kelishib olindi.