Bugun Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi Doimiy komissiya a’zolari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida sessiyaga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Muhokama davomida 2025-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarning hisobotlari komissiya a’zolari tomonidan atroflicha o‘rganilib, tahlil qilindi. Hisobotlarda ko‘tarilgan muammolar, ularning yechimi, shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
📌 Muhokama yakunida tegishli doimiy komissiyalar tomonidan qarorlar qabul qilindi.