Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 4-Farhod saylov okrugidan saylangan deputat Akrom Bo‘tayev "Farhod" mahallasida joylashgan, hozirda rekonstruksiya jarayonida bo‘lgan 46-maktabda deputatlik nazoratini amalga oshirdi.

Tashrif davomida maktabning qurilish sifati, belgilangan me'yorlar asosida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari, xavfsizlik va qulaylik masalalari ko‘rib chiqildi.

Deputat ta'lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar bolalar ta’lim-tarbiyasi uchun nihoyatda muhimligini ta’kidladi va qurilish ishlarini o‘z muddatida, sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

46-maktab rekonstruksiyadan so‘ng zamonaviy talablarga javob beruvchi, qulay va xavfsiz o‘quv muhitiga ega bo‘lishi kerak dedi deputat.

Slide 1 of 5