Янгиликлар

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi 15-ZUXRO okrug deputati A. Ermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoniga asosan ishlab chiqilgan manzilli ro‘yxat ijrosi yuzasidan joylarda oʻrganishlar olib bormoqda.

​Deputat A. Ermatovning navbatdagi manzilli oʻrganishlari Margʻilon shahridagi Zuhro va Toshloqtepa mahallalarida boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻrganishlardan asosiy maqsad – belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining qanday amalga oshirilayotganini manzilli oʻrganish va ularning samarali nazoratini taʼminlashdan iborat.

​Oʻrganishlar davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Deputatlarning bu kabi saʼy-harakatlari mahalliy darajada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga va aholi farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5