Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov "Navbahor" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla ahli bilan bevosita muloqot qilishdi.
Deputat 2025-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar, mahalladagi dolzarb masalalar va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha so‘z yuritishdi.
Uchrashuvda ishtirok etgan mahalla faollari, yoshlar va nuroniylar bu kabi jonli muloqotlar orqali xalq va davlat o‘rtasidagi ishonch mustahkamlanayotganini alohida qayd etdilar.
"Biz eshitamiz va birgalikda yechamiz!" degan tamoyil asosida tashkil etilgan bu uchrashuv Navbahor ahli uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.