Deputat saylovchilar bilan doimiy aloqada bo'lib turadi. Deputatning saylovchilar bilan munosabatlari o'zaro hurmat qilish, saylovchilar tomonidan ko'tariladigan muammolar va masalalarga deputatning e'tibor bilan munosabatda bo'lishiga asoslanadi.
Deputat:
- qoida tariqasida, bir oyda kamida bir marotaba saylovchilar uchun qabul tashkil etishi;
- saylovchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rishi;
- saylovchilardan tushgan takliflar, arizalar, shikoyatlarni ko'rib chiqishi, ularda ko'rsatilgan masalalarning to'g'ri va o'z vaqtida - - hal etilishiga o'z vakolatlari doirasida ko'maklashishi;
- jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini oldindan belgilangan grafik asosida shaxsan qabul qilishi lozim.
📌 Deputat saylovchilar bilan ishlashga vijdonan va halol yondashishi, ular bilan bo'ladigan uchrashuvlarda shaxsan ishtirok etishi, bu jarayonda rasmiyatchilikka yo'l qo'ymasligi hamda soxta axborotlar taqdim etmasligi shart.
📌 Deputat o'z deputatlik faoliyati haqida saylovchilarni belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda xabardor qiladi.
📌 Deputat tomonidan saylovchilarga taqdim etiladigan axborot to'liq, to'g'ri va xolisona bo'lishi kerak.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari.