Янгиликлар

📌 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 29-sessiyasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masala muhokama qilindi.

Kun tartibidagi 12-masala yuzasidan Taxiatosh tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratovning hisoboti tinglandi.

Unda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi sessiya kun tartibida ko‘rib chiqildi.

Ushbu masala yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida deputatlar e’tiboriga havola etildi.