Янгиликлар

📑 Ijro intizomi va topshiriqlar bajarilishi sessiyada ko‘rib chiqildi

Ijro intizomi va topshiriqlar bajarilishi sessiyada ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 29-sessiyasida kun tartibidagi 10-masala — tuman hokimligida ijro intizomining holati muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan Taxiatosh tumani hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘linmasi bosh mutaxassisi Z.Saparovaning hisoboti tinglandi.

Unda 2026-yil 3-choragi davomida ijro intizomining ahvoli, shuningdek, “edo.ijro.uz” idoralararo yagona elektron tizimida nazoratga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

📌 Mazkur masala davlat rahbari hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida hamda belgilangan tartibda bajarilishi bilan bog‘liq jihatlarni qamrab oldi.