🛒 Koʻchma bozorda moʻl-koʻllik va hamyonboplik: Tadbirkorlar va mas’ullar bilan muloqot chogʻida koʻchma bozordagi narx-navolar, mahsulotlar sifati hamda ularning zaxira hajmi atroflichta oʻrganildi.
🥦 Oziq-ovqat xavfsizligi va yetarli zaxira: Aholi ehtiyoji uchun zarur boʻlgan barcha asosiy oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetarli hajmlarda sotuvga chiqarilgan. Shuningdek, narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish uchun zaxiralar yetarliligi va uzluksiz yetkazib berilishi koʻrib chiqildi.
👥 Xalq manfaati — bosh mezon: Bunday kundalik reja asosidagi nazorat tadbirlaridan koʻzlangan asosiy maqsad — fuqarolarimiz uchun qulay sharoitlar yaratish, bozorlarda narx barqarorligini ta’minlash va sifatli mahsulotlar yetkazilishini tizimli nazorat qilib borishdan iboratdir.
📌 Bozorlarimizdagi moʻl-koʻllik va narx-navolar nazorati doimiy e’tiborda!