Янгиликлар

🏫 10-sonli DMTTda mavsumiy tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi

10-sonli DMTTda mavsumiy tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Obod makon” MFY 8-Berdax saylov okrugi hududidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

🔍 Tashrif davomida muassasaning sovuq kunlarga qay darajada tayyorligi amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi. Xususan, isitish qozonxonalarining holati va mavsum davomida foydalanish uchun ajratilgan ko‘mir zaxirasi bilan tanishildi.

🌡 O‘rganishda isitish tizimining uzluksiz ishlashi hamda tarbiyalanuvchilar uchun mavsum davomida zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3