Янгиликлар

KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol #ekspert_guruhlari

KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI VA BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "15-Izza" saylov okrugi deputati Akbar Narziyev tomonidan Foziltepa mahallasida joylashgan, boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) xizmat ko‘rsatuvchi 5 ta ko‘p qavatli uyning holati o‘rganildi.

💼 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi bo‘yicha biriktirish doirasida amalga oshirildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov hamda ekspert guruhi a’zosi A.Giyasov ishtirok etdi.

🕯 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (podyezdlari), liftlari, yerto‘lalari, tom va fasad qismlarining holati, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi hamda yoritilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatining samaradorligi, umumiy foydalanish joylarini saqlash va 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida isitish tizimining barqaror ishlashiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim qismlarning ta’mirtalab holati yuzasidan tegishli masalalar belgilab olindi.

📝 Aniqlangan holatlar va BSK faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan tuman hokimining mas’ul o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 6