Янгиликлар

#bandlik #investitsiya #reja ijrosi

Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish choralari doimiy eʼtiborda boʻlib kelmoqda.Shu munosabat bilan, "Hilol" mahallasida joylashgan "Burxonov Qandolat Biznes" MChJ investitsiya korxonasining bugungi kundagi ish faoliyati va umumiy holati kengaytirilgan tarkibda oʻrganildi.
Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev ishtirok etdilar.
Oʻrganish davomida quyidagi muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
🔹 Korxonaning bugungi kundagi ishlab chiqarish quvvati va investitsiya loyihalarining borishi;
🔹 Ishchi-xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar va qulayliklar;
🔹 Texnika va mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi darajasi;
🔹 Istiqbolda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini oshirish imkoniyatlari.

Mutasaddilar korxona jamoasi va ishchilar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning taklif hamda muammolarini tingladilar. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish bilan birga, mehnat muhofazasini eng yuqori darajada taʼminlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Jarayon yakunida aniqlangan baʼzi kamchiliklar hamda yechimini kutayotgan masalalar deputatning "koʻchama-koʻcha aylanish jurnali"ga qayd etildi.
Mazkur masalalarning barchasi qatʼiy ijro nazoratiga olindi va qisqa muddatlarda bartaraf etilishi belgilandi.Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bu kabi amaliy oʻrganishlar hududlarda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 10