Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat va yoshlar — aholi manfaatlari yo‘lida birgalikda

O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M. Kazakov o‘ziga biriktirilgan Yoshlar maslahat guruhi a’zosi hamda Kengash Kotibiyati xodimi B. Allaberganov bilan birgalikda hududdagi ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari, ularning atrofidagi maydonlarning tozaligi va yoritilishi holatini o‘rgandi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4