Haftalik rejaga muvofiq, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya a’zolari bilan bir qatorda Kotibiyat xodimlari va yoshlar maslahat guruhi a'zosi hamda hokimlik mas'ul xodimi ishtirok etdi.
Yig'ilishda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
1️⃣Amudaryo tuman hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf qilish borasida 2026-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
2️⃣Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yerlarni hisobga olish to‘g‘risida.
3️⃣Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining “Amudaryo tumani bo‘yicha 2026-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.