O‘rganishlarda maktabning moddiy texnik bazasi, o‘quvchi yoshlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari, o‘qituvchilarning bilim malakalari, mavjud muammolar hamda qilishi kerak bo‘lgan ishlar tahlil qilindi. Maktabda “Open byudjet” loyihasi orqali yutib olingan 100 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yechimi borasida maktab mutasaddilari bilan chora-tadbirlar belgilandi. O‘rganishlar tuman ta’lim tashkilotlarida davom ettirilmoqda.