Obodlik va
sarishtalik elga baraka olib keladi!
Janubiy Farg‘ona kanali Oltiariq tumanining yuqori qismi Fayziobod, Zilha, Povulg‘on, Qapchg‘ay, Oqoltin, qisman Jo‘rak va boshqa mahallalarga dehqonchilik uchun zarur oqava suvi bilan ta’minlaydigan muhim stategik ahamiyatga ega inshot hisoblanadi. Tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tashabbusi bilan mazkur kanalda yillik rejaga
muvofiq tozalov ishlari boshlandi. Oltiariq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hamda “Soxibovlar qurilish Montaji”MChJ korxonasining texnik yuk tashuvchi va kranlari uzluksiz xizmat ko‘rsatishmoqda. Xududdan saylangan deputatlar va MFY raislari esa amalga oshirilayotgan ishning sifatini nazoratga olishgan.