Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБГА КИТОБЛАР СОВҒА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТОШЛОҚ МФЙДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ПАХТА ТЕРИМИ ОЛДИДАН ҚИЗҒИН ТАЙЁРГАРЛИК
янв.21
МАҲАЛЛА ИНФРАТУЗИЛМАСИ ЯХШИЛАНМОҚДА.
янв.21
МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ЙЎНАЛИШЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ЯНГИ ХУСУСИЙ БОҒЧА ФАОЛИЯТ БОШЛАДИ
янв.21
ҲУДУДДАГИ МУАММОЛАРНИ АНИҚЛАШ ВА БАРТАРАФ ЭТИШ БЎЙИЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА.
янв.21
Болалар хавфсизлиги — устувор вазифа
янв.21
ОБОД МАНЗИЛЛАР
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI REJALASHTIRILDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI REJALASHTIRILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda deputat H. Toshmatova ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalari muhokama qilinib, ishlarni tashkil etish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida doimiy komissiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, komissiya faoliyati doirasida amalga oshiriladigan ishlarni tizimli rejalashtirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Kelgusida doimiy komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini muntazam o‘rganib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda komissiya faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil tashkil etish rejalashtirildi.

Mazkur ishlar doimiy komissiya faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3