Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
➡️Qishloq ayoli – farovonlik va taraqqiyot bunyodkori
🔰#munosabat

➡️Qishloq ayoli – farovonlik va taraqqiyot bunyodkori

🏦15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan qishloqlarimiz ravnaqi, oilalar farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan opa-singillarimizning mehnatini alohida e’tirof etish lozim.
🏦Qishloq ayollari nafaqat oilaning tayanchi, balki qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, hunarmandchilik va ijtimoiy hayotning ham faol ishtirokchilaridir. Ularning fidokorona mehnati oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va mahallalarimiz obodligiga xizmat qilmoqda.
🏦Deputat sifatida qishloq ayollarining manfaatlarini himoya qilish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va kasb-hunar imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashishni muhim vazifalardan biri deb bilaman. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini joyida o‘rganib, amaliy yechim topish doimiy e’tiborimizda bo‘lishi zarur.
🏦Fursatdan foydalanib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida halol mehnat qilayotgan barcha qishloq ayollarini Xalqaro qishloq ayollari kuni bilan samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka va ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Oqila Muzaffarova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt