Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Murojaat_daftari

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning qonuniy yechimini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Umidullo Xudayberdiyevning saylov okrugidagi “Ipoq” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Mazkur jarayonda Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati X.Tavasharov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.

📍 O‘rganish davomida:

✅ Fuqarolar murojaatlari tinglandi. Mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha o‘rganildi.

✅ Muammolarni hal etish choralari belgilandi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan masalalarni qonuniy hal etish va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

✅ Ijro nazorati yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va samarali hal etilishi deputatlar hamda Kengash Kotibiyati tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va joylardagi muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, deputatlik nazorati esa natijadorlik garovidir!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3