Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
📌 Deputatlik nazorati: yong‘in xavfsizligi — bolalar hayoti va salomatligi kafolati

📌 Deputatlik nazorati: yong‘in xavfsizligi — bolalar hayoti va salomatligi kafolati
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat mutaxassislari A. Erkinov va S. Matyaqubova hamda Kengash deputati X. Ibragimov tomonidan Chamanzo‘r mahallasi hududida joylashgan “Qo‘shko‘pir nihollari” davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, bolalar va xodimlar uchun xavfsiz sharoitlar yaratilgani hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarning oldini olishdan iborat.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar ijtimoiy soha obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish va aholi, ayniqsa, bolalar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1