Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Kotib

Deputat “Uch avlod uchrashuvi”da ishtirok etdi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘z XDP a’zosi Kim Vitaliy Gennadevich ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va o‘zaro hurmatni mustahkamlashdan iborat.

Tadbir davomida nuroniylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va bosib o‘tgan yo‘llari haqida so‘zlab berdilar. O‘rta avlod vakillari hamda yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat bunday uchrashuvlar avlodlar davomiyligini ta’minlash, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish va jamiyatda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Slide 1 of 4