Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi va zaxirasi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan Markaziy dehqon bozorida aholi uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, bozordagi mavjud zaxiralar hamda mahsulotlar ta’minoti holati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida bozor rastalaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, ularning zaxirasi va savdoga chiqarilishi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar narxlariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢O‘rganish natijalariga ko‘ra, bozorda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjud bo‘lib, ularning zaxirasi aholi talabini qondirish uchun yetarli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlar narxlarida ham barqarorlik kuzatilib, bozorda ta’minot bilan bog‘liq jiddiy muammolar aniqlanmadi.

🟢Deputat tomonidan bozordagi narx-navo va mahsulotlar zaxirasini muntazam kuzatib borish, sun’iy taqchillik va asossiz narx oshishining oldini olish, shuningdek, aholiga sifatli mahsulotlarni taklif etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3