Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Matmuratova Hazorasp tumani Bog‘dor mahallasida bo‘lib, ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanishini o‘rgandi.

 Mahalladagi 4 ta ko‘p qavatli uyda jami 84 ta xonadon va 336 nafar aholi istiqomat qiladi. O‘rganish davomida xonadonlarning issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlanish holati ko‘zdan kechirildi. Kommunal xizmatlar ta’minoti qoniqarli ekani aniqlandi.

 Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ishtirokida yong‘in xavfsizligi masalalariga ham e’tibor qaratilib, tegishli huquqiy hujjat mazmun-mohiyati yuzasidan aholiga tushuntirish berildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat. 

Slide 1 of 3