Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
AHOLI SALOMATLIGI — DOIMIY E’TIBORDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Havotog‘ QFY Uchturg‘on qishlog‘idagi oilaviy shifokorlik punktining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilaviy shifokorlik punktida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, tibbiyot xodimlarining ish jarayoni, bemorlarni qabul qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan tanishildi.

Shuningdek, tibbiyot punktidagi mavjud xonalar, ularning jihozlanganlik darajasi, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda muassasaning kundalik faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda profilaktik tadbirlar, kasalliklarni barvaqt aniqlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va zarur hollarda yuqori bosqichdagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish kabi masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida hudud aholisi orasida tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, fuqarolarning salomatligini muntazam nazorat qilish hamda aholiga tibbiy madaniyat va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan oilaviy shifokorlik punktining faoliyatida aholiga o‘z vaqtida, sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3