Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
“NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

 “NIHOL” MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva “Nihol” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan sessiyaoldi o‘rganishlari doirasida mahalla yettiligi a’zolari, mahallaga biriktirilgan bank xodimi hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.

📍 O‘rganish davomida o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro M. Shoinogomovaning tikuvchilik faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. U o‘z kasbi orqali aholiga tikuvchilik xizmatlarini ko‘rsatish bilan bir qatorda, imkoniyati cheklangan fuqarolarga bepul kiyim-kechak tikib berib, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

🧵 Shuningdek, fuqaro maktab bitiruvchilari va yoshlarni tikuvchilik hunariga o‘rgatib, ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelgusida bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

⚖️ Qonunchilik nuqtayi nazaridan: O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

🤝 Sessiyaoldi o‘rganishlarining asosiy maqsadi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar holatini o‘rganishdan iborat.

✨Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi — hududiy muammolarni o‘rganish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lida.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8