Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Yoshlar tashabbusi – mahalla obodligiga xizmat qilmoqda

Yoshlar tashabbusi – mahalla obodligiga xizmat qilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev o‘z saylov okrugida bo‘lib, Qorag‘uppa mahallasida joylashgan Norqul bobo jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Ayni paytda mahalla yoshlari tashabbusi va hashar yo‘li bilan masjid hududida qo‘shimcha bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu xayrli tashabbus mahalladagi hamjihatlik, birdamlik va ezgu qadriyatlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘lmoqda.

Deputat X.Turdiyev qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, hasharda faol ishtirok etayotgan yoshlarga minnatdorlik bildirdi hamda boshlangan ishlar sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yurtimizda mahallalarni obod qilish, muqaddas qadamjolar va ibodat maskanlarini yanada ko‘rkamlashtirish yo‘lidagi bunday xayrli ishlar aholi o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.