Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
YOSHLAR VA DEPUTATLAR: AMALIY HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

YOSHLAR VA DEPUTATLAR: AMALIY HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi faoliyatini takomillashtirish va yoshlarning Kengash ishlaridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida “Pastdarg‘om tajribasi” doirasida yangi hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda.
📌 2-tashabbus — “Deputat + yosh” hamkorlik modeli
Mazkur tashabbus doirasida har ikki nafar Kengash deputatiga bir nafar Yoshlar maslahati guruhi a’zosi biriktirilmoqda.
🎯 Ushbu hamkorlik orqali yoshlar deputatlik faoliyatini nazariy emas, balki bevosita amaliy jarayonlarda ishtirok etish orqali o‘rganadi.
Yoshlar quyidagi yo‘nalishlarda deputatlar bilan birga ishlaydi:
🔹 fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va tahlil qilish;
🔹 saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish;
🔹 deputatlik so‘rovlarini tayyorlash jarayonini o‘rganish;
🔹 doimiy komissiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish;
🔹 sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashda ishtirok etish;
🔹 hududdagi muammolar bo‘yicha taklif va tashabbuslar ishlab chiqish.
🌱 Asosiy maqsad — yoshlarning jamoatchilik boshqaruvidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash.
🇺🇿 “Pastdarg‘om tajribasi” — yoshlar uchun imkoniyat, deputatlar uchun yangi hamkorlik, hudud uchun esa yangi tashabbuslar maydoni!