Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Saylovchilar bilan uchrashuv

Bandixon tumanida deputat N.Allamuratova “Obod yurt” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi

Bandixon tumanida aholi bilan bevosita muloqotni kengaytirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga amaliy yechim topish borasida deputatlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga hamda Senat Kengashining KQ-35-son qaroriga asosan, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 12-Obod yurt saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratova “Obod yurt” mahallasida o'z saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mahallada tikuvchilik hamda tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Muloqot yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5