Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI

IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. Baymuratova Bo‘rloq mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Saidaabdullayeva Zebuniso Odilbek qizi faoliyati hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy ahvolini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada jami 42 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, shundan 20 ta oila kambag‘al oila toifasiga mansubligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur oilalarning turmush sharoiti, mavjud muammolari va ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilayotgani e’tiborga olindi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyatining samaradorligi, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1