Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Fuqarolar murojaatlari e’tibor va nazoratda

Aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganish fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev tomonidan shahar Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzidada kechgan qabulda 36 nafar fuqaro tomonidan bildirilgan uy-joy ta’miri hamda qurilish sifati, kadastr, kommunal soha, bandlik, kredit ajratish, kontrakt to‘lovlari va tibbiy yordam ko‘rsatish kabi turli masalalarga oid murojaatlar tinglandi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning bir qismiga joyida huquqiy tushunchalar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Shahar hokimi aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va ularni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Barcha murojaatlarning ijrosi shahar hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 9