Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati Deputat so‘rovi ijobiy hal etilmoqda: “Taraqqiyot” ko‘chasidagi ariq tozalanmoqda

Aholi salomatligi, hududlar sanitariya holatini yaxshilash va mahallalarda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan Do‘stlik mahallasi Taraqqiyot ko‘chasidan o‘tuvchi ariqda antisanitariya holati yuzaga kelgani, uning o‘z vaqtida tozalanmagani hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlangan edi.
Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Bugungi kunda deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy ishlar boshlandi. Xususan, Taraqqiyot ko‘chasidan o‘tuvchi ariqni tozalash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar hududda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, noxush hidlarning oldini olish, suv oqimining erkin harakatlanishini ta’minlash hamda mahalla hududining tozaligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, bunday muammolarning kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ariq va uning atrofidagi hududlarni muntazam tozalab borish, obodonlashtirish ishlariga mas’uliyat bilan yondashish muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlik so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini topish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish va mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini olib borishda davom etadi.

Slide 1 of 2