Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Deputatlik_nazorati #Obodonlashtirish Obod mahalla — farovon hayot poydevori

Hududdagi obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati va aholi uchun yaratilgan sharoitlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.


Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda mahalla vakillari ishtirokida hududdagi mavjud holat joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.



O‘rganish davomida ko‘chalar va ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirish ishlari, sanitariya va ekologik vaziyat, infratuzilma obyektlari hamda
tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar va ularning ijrosi ham tahlil qilindi.



Mahalla faollari bilan muloqotda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarining sifatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.



O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obod qilish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.



Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mavjud muammolarni aniqlash bilangina cheklanmay, ularning amaliy yechimiga erishish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashishdir.
 

Slide 1 of 3