Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Ko‘kto‘nli” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi F.Botirovning faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahalladagi aholining bandlik holati, ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔻Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati ham alohida o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 29 ta oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, ularning 11 tasi davlat ta’minotidagi oila, 16 tasi kambag‘al oila va 2 tasi kambag‘allik chegarasidagi oila toifasidagi oilalarni tashkil etadi. Mazkur oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashda ularning mehnatga layoqatli a’zolarini ish bilan ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kichik tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali mahallada doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

🔻O‘rganish jarayonida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar bilan ishlashda faqat ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, mehnatga layoqatli a’zolarini band qilish va oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1