Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

 22-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati P. Ziyo, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda XDP Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidovlar tomonidan Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda organish masalasi muhokama qilindi

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, guruh xonalarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari hamda tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sovuq kunlarda tashkilot faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, issiqlik ta’minoti va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining soz holatda bo‘lishi muhimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masala va kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumini talablarga muvofiq tashkil etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mavjud muammolarni hal etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati doirasida e’tiborga olindi.

Slide 1 of 5