Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadonidagi sharoit o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududidagi “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim Sh.Meliboyev hamda “Madad” NNT vakili M.Toshboltayeva ishtirokida Do‘stlik ko‘chasi, 24-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan O.Ismoilova xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida fuqaroning ijtimoiy holati, oilasiga ko‘rsatilayotgan yordamlar va mavjud qo‘llab-quvvatlash choralari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, oilaning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Bundan tashqari, “Madad” NNT vakili M.Toshboltayeva tomonidan fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatilib, uning masalalari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor fuqaroni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, uning oilaviy sharoitini yaxshilash va mustaqil ravishda barqaror hayot kechirishi uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashga qaratildi. 

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5