Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari

Mahalliy Kengash deputatining asosiy vazifalaridan biri — hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ularning hal etilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishdir.

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya. Ushbu tavsiyalar aholining kundalik hayotiga bevosita daxldor masalalarni qamrab olgan bo‘lib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

Jumladan, yoshlar va aholi bandligi, kambag‘allikni qisqartirish, tibbiy xizmat sifati, ijtimoiy himoya, ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar, jamoat transporti, obodonlashtirish, ekologiya, jinoyatchilikning oldini olish hamda investitsiyalarni jalb etish kabi yo‘nalishlar deputatlik nazoratining muhim tarkibiy qismlaridir.

Tavsiyalarga muvofiq, deputatlar o‘z saylov okruglaridagi holatni o‘rganishi, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishi lozim. Shuningdek, sessiyaga kiritiladigan masalalarni, qoida tariqasida, joyiga chiqqan holda o‘rganish orqali qarorlar qabul qilinishida hududning haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 1