Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda ularga ko‘rsatilayotgan yordamlarning samaradorligini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X. Abdurahmonov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Akbarova, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari I. Otajonov hamda mahalla raisi ishtirokida Yoyilma mahallasi Asilobod ko‘chasida yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqaroning uy-joy sharoiti o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoitlari, uy-joyni ta’mirlash uchun ko‘rsatilgan yordamning maqsadli yo‘naltirilgani va amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ijtimoiy yordamning amaliy natijalarini baholash, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilliligini ta’minlash hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan bunday o‘rganishlar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 5