Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
18-SONLI MAKTABDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI

#deputat_nazorati
#deputat_faoliyati
#24_ta_muhim_masala

18-SONLI MAKTABDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov Oqbuloq mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida maktab binosining saqlanish holati, sovuq kunlarda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, isitish tizimining tayyorligi hamda maktab hovlisining tozaligi va tartibga keltirilganligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida mavsumni betalafot o‘tkazish, hududni yanada obod saqlash va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasidagi sharoitlarni yaxshilash va o‘quvchilar uchun qulay muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar nazoratga olindi.

Slide 1 of 2