Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Болалар хавфсизлиги — устувор вазифа
янв.21
ОБОД МАНЗИЛЛАР
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
Фуқароларга бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш борасида ҳамкорлик давом этмоқда.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SHUKRONALIK” MA’RIFIY TADBIRI O‘TKAZILDI

📍 168-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Shukronalik” nomli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarix fanlari nomzodi Mutalov Omonulla Nigmatullayevich, Chilonzor tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi T. Karimov, maktab rahbariyati, yuqori sinf o‘quvchilari hamda mahallaning nuroniy otaxon va onaxonlari ishtirok etdilar.
🎤 Deputat Omonulla Mutalovning yoshlar bilan uchrashuvi tadbirning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi. Uchrashuv davomida nuroniylar va ziyolilar o‘z hayotiy tajribalari, yoshlik yillarida duch kelgan qiyinchiliklari, ilm olish yo‘lidagi mashaqqatlari hamda erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdilar.
Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
💬 Deputat va faxriylarning hayotiy saboqlari o‘quvchi-yoshlarni vaqtni qadrlashga, puxta bilim olishga, yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga hamda ajdodlar merosiga hurmat ruhida kamol topishga undadi.
Tadbir yakunida nuroniylar yoshlarning kelajakdagi ezgu maqsadlari va muvaffaqiyatlariga tilak bildirib, ularga samimiy duolarini yo‘lladilar.
Yoshlar tarbiyasi, ma’naviy kamoloti va Vatanga sadoqat ruhida ulg‘ayishi — deputatlik faoliyatining ham muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4