Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Do‘stlik shahridagi Mevazor mahallasi aholisi uchun yangi kutubxona ochildi

Jizzax viloyati Do‘stlik shahridagi Mevazor mahallasi aholisi uchun yangi kutubxona ochildi

Aholi va yoshlar istaklarini ro‘yobga chiqarish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlaridan kelib chiqqan holda mahalla idorasi binosida barcha sharoitlarga ega zamonaviy kutubxona tashkil etildi. Ushbu tashabbus Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati X.Abduniyazovning sa’i-harakatlari bilan "El ravnaqi" nodavlat notijorat tashkilotining davlat grantidan yutib olgan 50 mln.lik loyihasini jalb qilish bilan amalga oshirildi.
Kutubxonada 130 nomdagi jami 500 taga yaqin turli janrdagi kitoblar mavjud bo‘lib, kitobxonlar ajdodlarimizning buyuk ma’naviy meroslari, jahon adabiyoti durdonalari, yaqin o‘tmishdagi adabiyotshunos olim va yozuvchilarning asarlarini, shuningdek, siyosiy va boshqa ma’rifiy kitoblarni o‘qishlari mumkin.
Kutubxonaning ochilishida "Jizzax ovozi" gazetasi va viloyat Axborot resurs markazining ham qimmatbaho kitoblari estalik uchun topshirildi. Ushbu tadbirda viloyat deputati X.Abduniyazov va tuman deputati J.Ernazarovlar ishtirok etishdi.

Slide 1 of 8