Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan "Saodat" saylov okrugi hududidagi "Saodat" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-111-son qarorlari ijrosi hamda hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektorining faoliyati, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-111-son qarorlari ijrosi doirasida mahallada xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish, shuningdek, "mahalla yettiligi" hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, mahallada jamoat tartibini mustahkamlash, videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3