Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАДАНИЯТ МУАССАСАЛАРИ ВА КУТУБХОНАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
СОКУ МФЙДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
ИЧИМЛИК ВА ОҚОВА СУВ ТАРМОҚЛАРИДА АМАЛИЙ ИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
Туман марказий амфитеатрда тадбирларга тайёргарлик ҳолати ўрганилди.
янв.21
Аҳолига бепул юридик хизматлар кўрсатилиши ўрганилди.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШДА МАНЗИЛЛИ ИШЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
НАВОИЙ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
Kotib

O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Tillayev Alisher Xasanovich tomonidan “Munavvarqori” mahallasi fuqarolarining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

“Munavvarqori” mahallasi aholisi Yuzrabot ko‘chasidan o‘tuvchi avtotransport vositalarining “Munavvarqori” mahallasiga kirishi uchun yo‘lning orqaga qayrilib olish joyi ancha uzoq masofada ekanligi sababli mahallaga kiruvchi barcha mashinalar mahalla hududidagi fasd food (EVOS) yon tomonidagi ko‘chadan xarakatlanayotganliklari, bu esa ushbu ko‘chada avtotransport vositalarining serqatnov bo‘lishi fuqarolarning xavfsiz xarakatlanishlari uchun noqulayliklar tug‘dirayotganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, hududdagi fasd food (EVOS) (ovqatlanish maskani) asosiy yo‘ldan unga kirish uchun qo‘shimcha masofadagi yo‘lni ochganligi sababli ham barcha avtotransport vositalari faqatgina “Cho‘ldaraxt” ko‘chasidan kirayotganligini aytishdi.

Deputat tomonidan fuqarolar e’tirozlari asosida bildirilgan murojaat yuzasidan yo‘l xarakati xavfsizligi yo‘nalishida deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilab olindi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 5