Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SHIFO MASKANIGAGA EKG APPARATI TOPSHIRILDI✔️
янв.21
КОНУН_ИЖРОСИ_АМАЛДА
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI AMALDA
янв.21
Камбағалликдан фаровонлик сари🔼
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: AHOLI MUAMMOLARI TINGLANMOQDA
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR TINGLANDI✔️
янв.21
Бугунги кунда ғўза парваришида амалга оширилаётган ҳар бир агротехник жараён — культивация, касаллик ва зараркунандаларга қарши курашиш ва озиқлантириш ишларини ўз вақтида бажариш келгуси ҳосилдорликда ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
янв.21
Фуқаролар муаммоларига амалий ечимлар топилмоқда.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida mahallaning Teraksoy ko‘chasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, mazkur ko‘chada o‘rnatilgan elektr uzatish simyog‘ochlari ancha yillar davomida foydalanilgan bo‘lib, hozirgi kunda o‘ta eskirgan holatga kelgan. Shuningdek, elektr simlarining osilib qolgani va ayrim joylarda bir-biriga tegib turishi sababli kuchsiz shamol yoki noqulay ob-havo sharoitida ham elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat aholi uchun qator noqulayliklar tug‘dirib, xonadonlarning uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ushbu muammo yuzasidan
tegishli elektr ta’minoti tashkilotlariga bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar amaliy natijaga erishilmagan.
O‘rganish jarayonida aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalaning dolzarbligi inobatga olinib, elektr tarmoqlarini ta’mirlash, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish hamda elektr uzatish tarmoqlarini me’yoriy holatga keltirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga Xalq deputatlari tuman
Kengashi deputati nomidan deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.
Kelgusida ham mahallalarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 7