Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SHIFO MASKANIGAGA EKG APPARATI TOPSHIRILDI✔️
янв.21
КОНУН_ИЖРОСИ_АМАЛДА
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
KUNLIK ISH REJA IJROSI AMALDA
янв.21
Камбағалликдан фаровонлик сари🔼
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR TINGLANDI✔️
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: AHOLI MUAMMOLARI TINGLANMOQDA
янв.21
Бугунги кунда ғўза парваришида амалга оширилаётган ҳар бир агротехник жараён — культивация, касаллик ва зараркунандаларга қарши курашиш ва озиқлантириш ишларини ўз вақтида бажариш келгуси ҳосилдорликда ҳал қилувчи аҳамият касб этади.
янв.21
Фуқаролар муаммоларига амалий ечимлар топилмоқда.
Doimiy komissiya tomonidan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O. Omonov tomonidan tuman G‘aznachilik bo‘limi hamda Moliya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘RQ–792-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mazkur Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, elektron tijorat sohasini rivojlantirish, elektron hujjat almashinuvi va elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish holati, davlat moliyaviy operatsiyalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda qonunchilikda belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

Shuningdek, G‘aznachilik va Moliya bo‘limlarida elektron xizmatlardan foydalanish darajasi, elektron hisob-kitoblar, raqamli hujjatlar bilan ishlash tizimi, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron ma’lumotlar almashinuvining samaradorligi hamda bu borada amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlar atroflicha o‘rganildi.

Slide 1 of 3