Yangiliklar

PREZIDENT FARMONI DEPUTAT NAZORATIDA

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabr kunidagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga asosiy vazifalarni belgilab berilgan edi. Bu borada Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri P.Ro‘ziboyev va Kengash deputati F.Raxmanovlar shahardagi “Beshmergan” mahallasida istiqomat qilayotgan oilalarda bo‘lib, "Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandilar. O‘rganishlar yakunida xalq vakillari tomonidan mazkur oilalarning har birini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. 

  

   

Slide 1 of 1