Yangiliklar

“Yangi qadam – yangi ruh!”

 Bugun Urganch shahridagi Jingovuz mahallasi hududida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvichi-yoshlari bilan “Yangi qadam – yangi ruh!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Sharipova Nargiz Umidovna, faxriy sportchilar, faol nuroniylar
va yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida o‘quvichi-yoshlarga mavzu yuzasidan kerakli tushuntirishlar berilib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dan o‘rin olgan yoshlar masalasi borasida o‘zaro fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

 

 

Slide 1 of 1