Xalq
deputatlari tuman Kengashiga 17-Katli saylov okrugidan saylandan deputat Artikova Dilbar Tursunbayevna o‘zi saylangan Katli mahallasiga borib saylovchilari bilan uchrashdi. Mahalla ijtimoiy hodimi olib borayotgan ishlari bilan tanishdi. Mahalla raisi bilan 25-maktabga, 28-MTTga, meditsina punktiga borib, olib borilayotgan ishlar, isitish sifati, aholiga ko ‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, muammo va talablarni o‘rgandi, ular tomonidan aytilgan fikrlarni eshitdi. Mahalla raisi bilan maslahatlashib, amalga oshirish choralarini belgiladi.