Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi 9-saylov okrugi deputati Abror Nazirov "Yoshlik" MFY hududida joylashgan 38-MTT jamoasi tomonidan yo'llangan murojaatni joyiga chiqib o'rgandi. Okrug deputati hamda tashkilot jamosi "OPEN BUDJET"ning yangi mavsumi uchun jamoa tomonidan kiritilgan loyihalarni atroflicha muhokama qilishdi. Bog'cha tarbiyalanuvchilari sifatli bilim va sog'lom tarbiya olishlari uchun bu loyihani amalga olshirish muhimligi takidlab o'tildi.